» » O‘zbekiston metallurgiyasi sohasi xalqaro darajada muhokama qilindi

O‘zbekiston metallurgiyasi sohasi xalqaro darajada muhokama qilindi


12-dekabr kuni Olmaliq shahrida “MISiS” (Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti) filialida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda filial matbuot xizmati xabar qildi.

Konferensiya O‘zbekistonda tabiiy resurslarni qayta ishlash jarayonlari samaradorligini oshirish, modernizatsiya va integratsiya fanlarini milliy metallurgiya sohasiga kiritish masalalariga bag‘ishlangan.

Tadbir Olmaliqdagi “MISiS” milliy tadqiqot texnik universiteti filiali, “Olmaliq tog‘ metallurgiya” kombinati, SFI Management xalqaro kompaniya tomonidan tashkil qilindi.

Konferensiyada Germaniya, Finlyandiya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa davlatlaridan 80 dan ortiq olim va ekspertlar qatnashdi.  Ular ichida Rossiya fanlar akademiyasi, Qozog‘iston milliy fanlar akademiyasi, “MISiS”, “Stalproyekt”, “Metallurgiya” institutlari hamda “Nord Engineering”, “Kanex Group”, “China ENFI Engineering Corporation”, “Norilskiy Nikel” kombinati, “Sredazsvetmetenergo” kompaniya vakillari qatnashdi.

Konferensiyada ekspertlar tomonidan prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston metallurgiya sohasida olib borilayotgan tashabbus va o‘zgarishlar yuqori baholandi.

Tadbirda mutaxassislar texnologiyani takomillashtirish va gidrotexnikani boshqarish, issiqlikdan foydalanish, metallurgiya jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish, ishlarni modellashtirish va metallurgiya uskunalarini loyihalashtirishni optimallashtirish kabi mavzularga e’tibor qaratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют