» » Kamchatkalik shifokor o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi

Kamchatkalik shifokor o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi


Kamchatka falokatlar tibbiyoti markazi shifokori Aleksey Prosin o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “Mir 24” xabar bermoqda.

Hodisa Petropavlovsk-Kamchatskiy — Moskva reysini bajarayotgan samolyot bortida ro‘y berdi.

Parvoz davomida, havo layneri Yoqutiston ustida bo‘lib turganida yo‘lovchilardan birining tobi qochdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik ayolga Kamchatkadagi klinikalardan birida o‘tkir kasallik tashxisi qo‘yilgan va darrov kasalxonaga yotish tavsiya etilgan. Biroq u yurtiga, Toshkentga uchishni ma’qul ko‘rgan.

Parvoz davomida ayolning holati keskin yomonlashdi. Aleksey Prosin bemorga og‘riq qoldiruvchi muolajalar qildi va 1,5 soat davomida unga qarab turdi.

Samolyot yaqin oradagi aerodrom — Mirniy shahrida shoshilinch qo‘ndi. Ayol tez yordam brigadasiga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют