» » Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi


Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Mehnat sohasi istiqboli: Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib bandlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya munosabati bilan 13-dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Delegatsiya tarkibidan Gay Rayder bilan birga XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy byurosi direktori Xayns Kyoller, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari byurosi direktori Olga Kulayeva, bandlik masalalari bo‘yicha XMT byurosi bosh mutaxassisi Mixail Pushkin, XMT bosh direktori maslahatchisi Odri Espozito, ish beruvchilar faoliyati bo‘yicha XMT byurosi bosh mutaxassisi Vladimir Churovich, mehnat qiluvchilar faoliyati bo‘yicha XMT byurosi mutaxassisi Gocha Aleksandriya, ijtimoiy himoya bo‘yicha XMT byurosi mutaxassisi Yasmina Papa singari xorijiy ekspertlar o‘rin olgan.

Delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov tomonidan kutib olindi.

Bu XMT bosh direktori Gay Rayderning Markaziy Osiyo mintaqasiga ilk tashrifi hisoblanadi.

Tashrif doirasida delegatsiya joriy yilning 14-dekabr kuni Tashkent Hyatt Regency mehmonxonasida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etadi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari, Tashqi ishlar vazirliklari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.

Shuningdek, delegatsiyaning Samarqandga tashrifi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют