» » Namanganda yangi namunadagi svetofor qurilmasi o‘rnatildi (foto)

Namanganda yangi namunadagi svetofor qurilmasi o‘rnatildi (foto)


Namangan shahrining Islom Karimov va Irrigator ko‘chalari chorrahasiga yangi namunadagi svetofor qurilmasi o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu qurilmaning o‘ziga xosligi shundaki, svetoforning chiroqlari rangiga qarab svetofor arkasi ham shu rangda yonadi. Bu haydovchilar e’tiborini jalb etib, hushyorligini oshirib, svetofor ishorasiga amal qilmasdan o‘tish ehtimolini kamaytiradi va harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu qurilma tungi paytda piyodalar o‘tish yo‘lagini ham yoritib, ularning xavfsiz xarakatlanishiga qulaylik yaratadi.

Kelgusida bu turdagi qurilmalarni Namangan shahrining boshqa chorrahalariga o‘rnatilishi ham rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют