» » Qarshidagi endokrinologiya va kardiologiya tibbiyot markazlarida ilk operatsiyalar o‘tkazildi

Qarshidagi endokrinologiya va kardiologiya tibbiyot markazlarida ilk operatsiyalar o‘tkazildi


Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Qarshi filiallarida dastlabki murakkab operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hozircha mavjud imkoniyatlari bilan O‘zbekistonda yagona bo‘lgan mazkur ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hudud aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan. Mazkur markazlar filiallarining Qarshi shahrida ochilishi, nafaqat qashqadaryoliklar, balki boshqa viloyatlar va qo‘shni respublikalar aholisi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda reabilitatsiya va yurak ishemik kasalliklari, surunkali yurak yetishmovchiligi va aritmologiya, arterial-gipertenziya, rentgen-endovaskulyar jarrohlik, kardiojarrohlik, qabul diagnostika kabi bo‘limlar, kunlik 100 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ilgari bunday jarrohlik amaliyotlari biror xorij davlatida va Toshkentda amalga oshirilar edi.

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu markazda murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyat yaratildi. Malakali mutaxassislar jalb qilindi. Ularning ko‘pchiligi Germaniya va Rossiya davlatlarida tajriba orttirib qaytgan.

Shu kuni Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida ham 4 nafar bemor operatsiya qilindi. 50 o‘rinli yangi markaz ana shu bemorlar ehtiyojini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi. Diabetik nefropatiya, umumiy endokrinologiya va bolalar, qalqonsimon bez kasalliklari va endokrin jarrohlik, diabetik to‘piq jarrohligi, laboratoriya-diagnostika bo‘limlari, 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikani o‘z ichiga olgan markazda yiliga 700-800 jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют