» » Qo‘shiqchi Shakirani soliqlarni to‘lamaganlikda ayblashdi

Qo‘shiqchi Shakirani soliqlarni to‘lamaganlikda ayblashdi


Barselona prokuraturasi kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakiraga qarshi da’vo qo‘zg‘adi. Bu haqda El Pais xabar berdi.

Soliq xizmatining tekshiruvi vaqtida aniqlanishicha, 2012, 2013 va 2014-yillarda qo‘shiqchi Ispaniyada bir yilda 183 kundan ortiq yashagan va bu davrda olingan daromadidan soliq to‘lamagan. Shakiraning jami qarzi 14,5 million yevroni tashkil qiladi.

Inspektorlarning ma’lum qilishicha, qo‘shiqchining mamlakatdan tashqariga safarlari ish bilan bog‘liq bo‘lgan va uzoq davom etmagan. Qolgan boshqa vaqtlarda u Ispaniyada yashagan va futbolchi Jerar Pike bilan Barselonada uy sotib olgan.

Qo‘shiqchining vakili ta’kidlashicha, Shakira Bagama orollarining soliq rezidenti hisoblanadi va u yerda Argentinaning sobiq prezidenti Antonio de la Ruaning o‘g‘liga tegishli uyni sotib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют