» » Jomboyda nogironligi bor shaxslar uy-joy bilan ta’minlandi

Jomboyda nogironligi bor shaxslar uy-joy bilan ta’minlandi


Imkoniyati cheklangan, nogironligi bor shaxslar va kam ta’minlangan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Jomboy tumanidagi Uzunovul massivida ko‘p qavatli uy-joy binosi barpo etildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Barcha sharoitlarga ega mazkur uy-joyning 10 tasi nogironligi bor shaxslarga imtiyozli, uzoq muddatli kreditlar hisobiga ajratildi. 10 nafar nogironligi bor shaxslarga uy-joy kalitini topshirish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat va tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yaratilgan bunday imkoniyat va mehribonchilikdan juda xursandliklarini, bayram kunlarida mazkur uylarning boshlang‘ich badali davlat tomonidan to‘liq to‘langan holda berilganligi tom ma’noda haqiqiy bayram tuhfasi bo‘lganligini ta’kidlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют