» » Uchquduqdagi “Kelajak” yoshlar markazi rekonstruksiya qilinmoqda

Uchquduqdagi “Kelajak” yoshlar markazi rekonstruksiya qilinmoqda


Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida Navro‘z bayrami arafasida yangilangan “Kelajak” yoshlar markazini ochish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil noyabrda Navoiy viloyati saylovchilari bilan saylovoldi uchrashuvida 2014-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar markazini rekonstruksiya qilish va kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan edi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov buyrug‘i bilan qurilish-montaj ishlari dekabr oyida boshlandi.

Obyekt rekosntruksiyasiga NKMK Markaziy kon boshqarmasi va Shimoliy kon boshqarmasining Zarafshon qurilish boshqarmasi xodimlaridan 150 dan ortig‘i jalb qilingan. Rekonstruksiyaga kombinat mablag‘laridan 1 milliard so‘mga yaqin ajratilgan.

Yangilangan markazda 200 kishilik yangi faollar zali, kutubxona va trenajyor zali paydo bo‘ladi. Yigit-qizlar bu yerda tikish, to‘qish, qubbachilik, karving bo‘yicha to‘garaklarda shug‘ullanishi hamda rus, ingliz va koreys tillarini o‘rganishi mumkin.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют