» » Angela Merkel uchun yangi samolyot xarid qilinadi

Angela Merkel uchun yangi samolyot xarid qilinadi


Germaniya mudofaa vazirligi Airbus A330 yoki A350 samolyotini xarid qilish niyatida. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Aviaparkni kengaytirish to‘g‘risidagi qarorga Merkelning samolyoti nosozligi tufayli G20 sammitiga kech qolib, uning birinchi kunini o‘tkazib yuborgandan keyin kelindi. Kansler shundan so‘ng Iberia kompaniyasining oddiy samolyotiga chiqishga majbur bo‘lgandi.

“Bunday holat qaytarilmasligi uchun ekipajlar sonini ko‘paytiramiz va bir yoki ikki yangi uzoq masofaga uchadigan samolyot xarid qilamiz”, — dedi Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyaynen.

Buning uchun Germaniya budjetidan 200—300 million yevro ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют