» » Qoraqalpog‘istonda 3 mlrd so‘mlik qalampir ko‘chatlari yetkazib berilmay, mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda 3 mlrd so‘mlik qalampir ko‘chatlari yetkazib berilmay, mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlandi


Qoraqalpog‘istondagi “D.D.” MChJ 431 ta fermer xo‘jaligiga 3 milliard 148 million so‘mlik ko‘chat yetkazib bermagani, ushbu mablag‘lar fermer xo‘jaliklari hisobiga qaytarilmasdan, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj etilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiyaga tayanib, “Turon 24” ma’lum qildi.

Yuqoridagi holatdan keyin 431 ta fermer xo‘jaligining tijorat banklardan olgan kredit mablag‘lari hisobiga 31 milliard so‘mdan ortiq kredit qarzdorligi yuzaga kelgan.

Bundan tashqari, “D.D.” MChJ mansabdor shaxslari To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a va Amudaryo tumanlarida tomorqa yer egalari bilan ko‘chat yetishtirib berish yuzasidan shartnoma tuzib, 352 nafar ko‘chat yetishtirib beruvchiga jami 2 milliard 619 million so‘m to‘lab bermagani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan “D.D.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют