» » Qoraqalpog‘istonda alyuminiy zavodi qurilishi mumkin

Qoraqalpog‘istonda alyuminiy zavodi qurilishi mumkin


“Yangi Mo‘ynoq — yangi imkoniyatlar” forumida jami 79 million dollarlik memorandumlar imzolandi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.

Jumladan, qamishni qayta ishlash sohasiga 46 million, quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 30 million dollar investitsiya kiritiladi. Shuningdek, artemiya sistalarini qayta ishlash bo‘yicha yangi korxona tashkil etiladi.

“Qamishni qayta ishlash sohasiga jami 46 million dollar investitsiya kiritamiz. Xususan, Qoraqalpog‘istonda qog‘oz zavodini qurish uchun 19 million dollarlik shartnoma imzoladik. Zavod 2021-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi esa 60 ming tonnani tashkil etadi. Hamkorligimizni davom ettirib, alyuminiy zavodi qurishni ham rejalashtiryapmiz”, — dedi xitoylik investor Xu Syuzyuan.

Ushbu forum Bosh prokuratura va Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda 200 ga yaqin xorijiy va mahalliy tadbirkor, 50 ga yaqin sayyohlik tashkiloti ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют