» » 1UZ Umumbelgilangan soliqlar tizimida

1UZ Umumbelgilangan soliqlar tizimida


So‘ngi yillarda mamlakatimizda soliq tizimini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar o‘z samarasini bermay qolmaydi, albatta.

Soliq tizimini isloh qilish jadal o‘zgarishlar tusini olibgina qolmay, har bir jabhaga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi desak adashmaymiz. Yangi tizimga o‘tish o‘z-o‘zidan yangi tartib va tajribalarni o‘zlashtirishni talab etadi. Ayniqsa, bunday zalvorli mas’uliyat tashkilot buxgalterlari zimmasiga tushishi, bu soha vakillarining yanada sergak, yanada e’tiborli bo‘lishlariga chorlaydi.

Ma’lumki, 1UZ Buxgalteriya hisobi dasturlari shu kunga qadar minglab tashkilotlarining hisob tizimini olib borishda yengillik yaratib, ish samaradorligini oshirishda birinchi ko‘makchi vazifasini olib kelmoqda. Buxgalteriya hisobi , Ishlab chiqarishUlgurji savdoOmborxona va Xodimlar bo‘limi kabi hisob tizimlarini mukammal ravishda olib borayotgan dasturlarimiz hech bir xorij dasturlaridan kam emas, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bizning kompaniya rivojiga poydevor bo‘layotgan jihatlardan biri bu- dasturlarning muntazam ravishda yangilanib borilishidir. Dastur yangilanishlari o‘z ichiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi barcha o‘zgarishlarni qamrab oladi. Bu esa biz o‘z faoliyatimiz izchilligi va mahsulotlarimizning daxlsizligini ta’minlab beramiz deganidir. Shu o‘rinda, Respublikamizdagi barcha qonunlar 1UZ mahsulotlarida o‘z aksini topgan deb, ishonch va iftixor bilan aytishimiz mumkin.

Soliq tizimidagi yuz berayotgan o‘zgarishlar bizning ham e’tiborimizdan chetda qolmadi, albatta. Kompaniya jamoasi 1UZ dasturlari sirasiga kiruvchi “Umumbelgilangan soliqlar” modulini 2019-yil yanvar oyi oxiriga qadar to‘liq ishlab chiqadilar. Ushbu modul o‘zida umumbelgilangan soliqlar hisobi va hisobotlarini jamlaydi. Modul dasturda yangibir yorliq sifatida aks etadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, mijozlar umumbelgilangan soliqlar tizimiga hech bir muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizning kompaniya o‘z mijozlarini bunday keskin o‘zgarishlar davrida qo‘llab-quvvatlash, og‘irlarini yengil qilish maqsadida bir necha imtiyozlarni ishlab chiqdi. Jumladan:

Ushbu qo‘llovchilarga “BePro Norma” kompaniyasi “Umumbelgilangan soliqlar” modulini bepul taqdim etadi. 2019-yildan e’tiboran esa modul o‘z qiymatiga ega bo‘lib, dasturlar narxidan alohida holda sotiladi.

Ta’kidlab o‘tishimiz joizki, barcha 1UZmahsulotlarining to‘laqonli DЕMO versiyalarini bizning saytimizda yuklab olishingiz mumkin.

1UZ dasturlarida hisob olib borish nihoyatda qulay va jo‘n tarzda ishlab chiqilgan. Shuningdek, bizning shartlar ham qo‘llovchilar marfaatlari uchun oson shaklda taqdim etiladi. Eng asosiysi biz hisobingiz to‘g‘riligini va siz qonun doirasidan chiqmasligingizni ta’minlaymiz. Shu bois barcha tadbirkorlar va biznes vakillariga alohida ta’kidlaymiz “shoshib qoling” Yangi yilgacha joriy etilgan imtiyozdan qolib ketmang.

Ma’lumot uchun telefon raqamlar: 71-230-21-12;

Elektron manzil: info@1uz.uz

Telegram-bot: https://t.me/oneuzbot

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют