» » “Vatanparvarlik oyligi”ga bag‘ishlangan farmoyish yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi

“Vatanparvarlik oyligi”ga bag‘ishlangan farmoyish yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi mas’ul ofitserlari, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi o‘rinbosari Majid Umarov hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, farmoyishga ko‘ra, bu safargi bayram tadbirlari tashkiliy jihatdan oldingilaridan tubdan farq qilishi ko‘zda tutilgan.

Anjuman davomida joriy yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvariga qadar “Vatanparvarlik oyligi” etib belgilangani, bu vaqt ichida amalga oshiriladigan ishlar dasturi muhokama qilindi. Xususan, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarda vatanparvarlik tuyog‘ularini yanada oshirish lozimligi alohida qayd etildi.

“Armiyamizda haqiqiy qahramonlik ishlarini amalga oshirgan, yoshlarga namuna sifatida ko‘rsatsa arziydigan harbiy xizmatchilar juda ko‘p. Bolalarimiz shu kabi harbiylar haqida bilishi, xuddi ular kabi Vataniga sodiq farzand bo‘lishga intilishi kerak. Buning uchun esa biz ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng ko‘lamli ishlarni bajarishimiz lozim”, — dedi podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining ayrim muassasalari Mudofaa vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgani va endilikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Qarorda belgilanganidek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, anjuman davomida Mudofaa vazirligi “Vatanparvar” birlashgan tahririyatining gazetasida mustaqillik yillarida mardlarcha halok bo‘lgan qahramonlar haqida chop etilgan qissa hamda maqolalardan iborat “Vatan omon bo‘lsin!” nomli kitobniing taqdimoti ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют