» » O‘zbekistonda tergov yoki sudga chaqiriqdan bosh tortganlarni majburiy keltirish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda tergov yoki sudga chaqiriqdan bosh tortganlarni majburiy keltirish tartibi tasdiqlandi


Hukumat qarori bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, majburiy keltirish uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, jinoyat, ma’muriy yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ajrimi asos bo‘ladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlisiga majburiy keltirish voyaga yetmaganlar, homilador ayollar, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshiriladi.

Majburiy keltirish ichki ishlar organlari tomonidan soat 06:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.

Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni yashash yoki ish joyidan topishning imkoni bo‘lmasa bu haqia qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya 5 kun muddatda xabardor qilinishi lozim.

Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют