» » Samarqandda pirotexnika mahsulotlari sotayotgan uddaburonlarning siri fosh bo‘ldi

Samarqandda pirotexnika mahsulotlari sotayotgan uddaburonlarning siri fosh bo‘ldi


Samarqand tumani davlat soliq inspeksiya va ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tumanning Kulba mahallasida o‘tkazilgan tekshirish tadbirida fuqaro X.B 20 ta quti (1200 dona) pirotexnika mahsulotlarini 400 ming so‘mga sotayotgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

X.B pirotexnika mahsulotlarini ushbu mahallada istiqomat qiluvchi J.T.dan har bir qutisini 19 000 so‘mdan xarid qilganini bildirdi. J.T. esa pirotexnika vositalarini mahalladoshi D.D.dan sotib olganini ma’lum qildi. D.D. esa pirotexnika mahsulotlarini o‘z ehtiyoji uchun notanish fuqarodan sotib olganini, pulga muhtojligi bois ularni sotganligini ma’lum qildi. Shuningdek, yonidagi 2 quti (120 dona) paqildoqni chiqarib berdi.

Tekshirish davomida Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Noviy vek” va “Treniya” nomli jami 440 ming so‘mlik jami 22 quti (1320 dona) pirotexnika vositalari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Ayni kunlarda Samarqand viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan pirotexnika mahsulotlari savdosining oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют