» » O‘zbekistondagi xonadonlar qo‘riqlash uskunalari bilan tekinga jihozlanadi

O‘zbekistondagi xonadonlar qo‘riqlash uskunalari bilan tekinga jihozlanadi


O‘zbekiston IIV qarori bilan respublikadagi barcha obyektlar vazirlik qo‘riqlash tizimi qo‘riqloviga olinadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV rahbari o‘rinbosari polkovnik Akramxon Boboxonovga tayanib, Sputnik xabar berdi.

“Kuni kecha prezidentimiz qarori bilan ‘Xavfsiz xonadon’ konsepsiyasi qabul qilindi. Bu konsepsiyaning asosiy g‘oyasi respublikadagi yakka tartibdagi uy-joylar, savdo obyektlari va boshqa obyektlarni maksimal darajada qo‘riqlov tizimiga qamrovga olish”, — dedi Boboxonov.

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda turli mulkiy jinoyatlarning oldini olish maqsadida 229 mingdan ziyod videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 25 mingdan ziyod xonadonlar va 13 mingdan ortiq tadbirkorlik obyektlari qo‘riqlash tizimiga ulanib, qo‘riqlanmoqda.

2022-yilgacha esa “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi asosida Toshkent shahrida o‘rnatilgan innovatsion qo‘riqlash tizimi respublika bo‘yicha joriy etiladi.

Qo‘riqlash xizmati xonadonlarga qo‘riqlash uchun o‘rnatiladigan vositalarni tekinga ajratish va tekinga o‘rnatish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют