» » O‘zbekistonda qizilmiya yetishtiruvchilarga plantatsiya yaratish majburiyati yuklanishi mumkin

O‘zbekistonda qizilmiya yetishtiruvchilarga plantatsiya yaratish majburiyati yuklanishi mumkin


Qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilarga ushbu o‘simlik plantatsiyalarini 2023-yilgacha kamida 500 gektarga oshirish majburiyati yuklanishi mumkin. Bu talab Qishloq ho‘jaligi vazirligi qonun hujjatlari muhokamasi portaliga joylagan Prezident qarori loyihasida keltirilgan, deya xabar beradi “Turon 24”.

Loyihaga ko‘ra, Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi va qayta ishlovchilar assotsiayatsiyasi a’zolari 2019-yildan boshlab yer maydonlarini yiliga 100 gektarga oshirib borishi lozim. Umuman olganda, 2023-yilgacha Qoraqalpog‘istonning 15 ta tumanida qizilmiya plantatsiyalarini yaratish uchun 25 ming gektar yer ajratiladi.

Ayni paytda assotsiatsiyaga 15 ta korxona va uyushma a’zo. Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish majburiy emas. Ammo oldinroq qizilmiya ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlarni endilikda faqat assotsiatsiya a’zolariga berish taklif qilinmoqda.

Aytish joizki, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qizilmiya ishlab chiqaruvchilarga imtiyozli kreditlar berilishi ta’minlangan, shuningdek, ular barcha soliqlardan ozod qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 114) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют