» » Nukusda “Vatanparvarlik” marafoni bo‘lib o‘tdi

Nukusda “Vatanparvarlik” marafoni bo‘lib o‘tdi


Nukus shahrida Respublikadagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kolejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida marafon o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

3, 5 va 10 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan sport marafonida 600 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Marafon natijasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida 3000 metrga yugurish bo‘yicha g‘oliblikni Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internati o‘quvchisi Sharopat Nazarova, litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida 5000 metrga yugurishda Jahongir Rahimbayev, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Nukus Davlat pedagogika instituti talabasi Quatjan Abdimuratov birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Harbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchisi Sardor Yo‘lchiyev hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Bobosher Mavlonov egalladi.

Marafon yakunlari bo‘yicha barcha g‘olib va sovrindorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarni o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini shakllantirish masalasida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator tumanlariga qarashli olis ovullarida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Ekskursiya davomida yoshlar jahonda o‘z nufuzi va o‘rniga ega bo‘lgan muzeyning boy eksponatlari bilan tanishdi, qoraqalpoq elida ijod qilgan musavvirlarning ishlari, yurt tarixiga oid bilimlarini yanada oshirishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют