» » Urganch shahrida “Amir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi

Urganch shahrida “Amir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi


Urganch shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejida Mudofaa vazirligi taassarufidagi harbiy-akademik litseylar (“Temurbeklar maktabi”) o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Xorazm viloyati hokimligi, keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

Uch kun davom etgan musobaqada ishtirokchilar turnik tortinish, 100 va 3000 metrga yugurish, harbiy estafeta, granata uloqtirish, arqon tortish kabi shartlar bo‘yicha bellashdi. Harbiy estafeta sharti, ayniqsa barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jangovar tayyorgarlik elementlarini o‘zida mujassam etgan mazkur shartda g‘olib bo‘lish qatnashuvchi jamoalarning barcha a’zosiga birdek bog‘liq bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Urganch, 2 va 3-o‘rinlar esa Samarqand va Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilariga nasib etdi. G‘olib jamoalar Mudofaa vazirligiva Yoshlar ittifoqining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, harbiy sport musobaqasida yakka tartibda yuqori natija ko‘rsatgan harbiy-litsey o‘quvchilari Eldor Egamberganov va Salimjon Jo‘raboyev (tortinish mashqini 34 marotaba bajardi) hamda 51,28 metr masofaga granata uloqtirgan hamda 11,6 soniyada 100 metrni yugurib o‘tgan Ikrom Fayzullayev hamda 3000 metrga yugurish bo‘yicha tanlov rekordini qayd etgan (9,38 daqiqa) Muzaffar Temirovga Mudofaa vazirligining esdalik diplomi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют