» » Kurdlar AQSh Suriyadan ketganidan so‘ng IShID uyushtirgan hujumlar haqida ma’lum qildi

Kurdlar AQSh Suriyadan ketganidan so‘ng IShID uyushtirgan hujumlar haqida ma’lum qildi


IShID terrorchilari AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kurd va arab guruhlari ittifoqi bo‘lgan “Suriya demokratik kuchlari” kurdlariga hujum qildi. Bu haqda ittifoq yetakchisi Mustafo Bali Twitter’da ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar Xajin shahri hududida hujum uyushtirgan. Yetakchining qayd etishicha, bu AQShning o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishi haqidagi xabarlar bilan bog‘liq.

Ittifoq yetakchisining yozishicha, IShID keng qamrovli hujumni boshlagan, hududda jiddiy jangovar to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Ittifoq kuchlari shaharning faqat 35 foizini nazorat qilmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, jangarilar hujum qilishni davom ettiradi, IShID hali kuchli ekanligini hamma bilishi kerak.

Kurdlarning Moskvadagi vakili Rshad Bienaf fikriga ko‘ra, AQShning qo‘shinlarni chiqarish haqidagi qarori vaqtli qabul qilingan, Suriyadagi IShID xavfi hali ham saqlanib turibdi.

AQSh kurd guruhlariga o‘zining qoshinlarni olib chiqishi 19-dekabr kuni xabar bergan. Ittifoq jangchilari Vashingtonning qarorini sotqinlik va orqadan pichoq bilan berilgan zarba deb atagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют