» » Samarqandda notarius lavozimlariga tanlovda uyali aloqa vositasidan foydalangan talabgor imtihondan chetlatildi

Samarqandda notarius lavozimlariga tanlovda uyali aloqa vositasidan foydalangan talabgor imtihondan chetlatildi


Avval e’lon qilinganidek, joriy yilning 22-dekabr kuni Samarqand viloyatidagi bo‘sh (vakant) davlat notarial idoralari notariusi lavozimlariga tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovlar ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi, deya xabar berdi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Tanlovda talabgorlarning davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, notariat hamda ijtimoiy-siyosiy sohadagi savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Notarius lavozimiga 15 nafar nomzodlar talabgor sifatida tanlovda qatnashdi.

Tanlov natijasida Samarqand viloyatida jami 7 nafar bo‘sh (vakant) notarius o‘rinlariga notariuslar tayinlandi.

Andijon shahar 14-son va Samarqand shahar 18-son davlat notarial idoralaridagi bo‘sh (vakant) notarius lavozimlariga tanlov bir nafardan talabgorlar kelmaganligi sababli keyingi tanlovga qoldirildi.

Tanlov vaqtida bir nafar talabgor uyali aloqa vositasidan foydalanganligi sababli imtihondan chetlashtirildi.

Tanlov 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют