» » O‘zbekistonda tabiiy suv havzalarini baliqlantirish me’yorlari belgilandi

O‘zbekistonda tabiiy suv havzalarini baliqlantirish me’yorlari belgilandi


Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish me’yorlari va texnologiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Mazkur hujjat bilan tabiiy suv havzalarini baliqlantirish me’yorlari va texnologiyasi belgilandi.

Unga ko‘ra, tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish boshlangan vaqtdan keyin 3 yil davomida har yili 1 gektar suv havzasi kamida 50 dona o‘simlikxo‘r baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirilishi lozim. Bunda o‘simlikxo‘r baliqlar chavoqlarining og‘irligi 20 grammdan kam bo‘lmasligi kerak.

Tabiiy suv havzalarining qirg‘oqlarida baliq chavoqlarini yetishtirish uchun chavoq hovuzlari tashkil etilishi mumkin. Bunda har bir chavoq hovuzlarining maydoni yarim gektardan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Shuningdek, tabiiy suv havzasining tegishli hududida meliorativ ishlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining tegishli mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi.

Maxsus transport vositasida tabiiy suv havzasiga olib kelingan baliq chavoqlarini tabiiy suv havzasiga tashlashdan oldin maxsus transport vositasidagi suvning harorati va tabiiy suv havzasi suvining harorati o‘lchanishi zarur.

Tabiiy suv havzasi suvining harorati maxsus transport vositasidagi suvning haroratidan 5 C farq qilgan taqdirda maxsus transport vositasidagi suvning harorati tabiiy suv havzasi suvining haroratiga tenglashtirilishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют