» » Sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirish tartibi belgilandi

Sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirish tartibi belgilandi


Adliya vazirligida “Sug‘orish tarmoqlarida (kanallarda) baliq yetishtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Unga ko‘ra, sug‘orish tarmog‘ida baliq yetishtirish sug‘orish tarmog‘ining chuqurligi yoki sayozligidan kelib chiqqan holda qafaslarda yoki sug‘orish tarmog‘ining qirg‘oqlarini to‘r bilan to‘sish orqali amalga oshiriladi.

Bunda, sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirish qafaslarda suvning sathi 2,5 metrdan kam bo‘lmagan joylarda, suv sathi 2,5 metrdan past bo‘lgan joylarda sug‘orish tarmog‘ining qirg‘oqlarini to‘r bilan to‘sish yo‘li orqali amalga oshiriladi.

Baliq yetishtirish sug‘orish tarmog‘ining texnik holatiga hamda suv oqimiga ta’sir ko‘rsatmaydigan joylarda amalga oshirilishi shart.

Sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxs baliq yetishtirishdan oldin tegishli hududdagi Tuman irrigatsiya bo‘limini yozma ravishda xabardor qiladi.

Tuman irrigatsiya bo‘limi baliq yetishtirish rejalashtirilayotgan sug‘orish tarmog‘idan foydalanish hamda u bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar beradi.

Tuman irrigatsiya bo‘limi baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxsni sug‘orish tarmog‘ida bajarilishi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari hamda boshqa amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy ishlar haqida oldindan ogohlantirishi zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют