» » Pokiston sobiq bosh vaziri Navaz Sharif 7 yillik qamoqqa hukm qilindi

Pokiston sobiq bosh vaziri Navaz Sharif 7 yillik qamoqqa hukm qilindi


Pokiston sobiq bosh vaziri Navaz Sharif korrupsiya haqidagi ish doirasida yetti yillik qamoqqa hukm qilindi, deb yozadi “TASS”.

24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida pul yuvish va korrupsiyaga aloqador ikkita alohida ish ko‘rib chiqildi, bular — Al-Azizia po‘lat kombinati va Flagship Investment investitsiya firmasi ishi.

Sud qarori bilan birinchi ayblov bo‘yicha Sharif yetti yilga, shuningdek, 2,5 million dollar jarimaga hukm qilindi. Ikkinchi ish bo‘yicha esa sobiq bosh vazir oqlandi.

Sharifga qarshi korrupsiya haqida jami uchta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Birinchi sud majlisi 2018-yil 6-iyulda yakunlangan, o‘shanda Sharif o‘n yil qamoq va 8 million dollar jarimaga hukm etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют