» » O‘zbekiston soliqqa tortish reytingida 64-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston soliqqa tortish reytingida 64-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston PwC va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilgan “Paying Taxes 2019” tadqiqotlarida (2019-yil soliqqa tortish reytingi) 64-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy soliq stavkasi 32,1% tashkil qiladi, bu esa kompaniya davromadida soliq, kirim va to‘lovlarining solishtirma hajmi sanaladi. Agar ushbu ko‘rsatkichni boshqa yurisdiksiyalar bilan solishtirsa, ular Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha o‘rtadan past sanaladi (32,8%), shuningdek Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari ko‘rsatkichidan ham past sanaladi (40,2%).

Soliq qonunchiligiga muvofiqlik uchun yillik vaqt hajmi nisbatida O‘zbekiston ko‘rsatkichi (181 soatni) tashkil qilib, u Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlariga yon bosadi(162 soat), ammo shu bilan birga aksariyat Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini ortda qoldiradi (hudud bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich — 220 soat).

Yana bir taqqoslama ko‘rsatkich bu yillik soliq to‘lovi bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich O‘zbekiston uchun 10 ta to‘lovni tashkil qiladi. Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun ushbu ko‘rsatkich 16 ta to‘lovni, Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari uchun — 11 ta to‘lov. O‘rtacha jahon ko‘rsatkichi yillik 24 ta to‘lovni tashkil qiladi.

Tadqiqotga ko‘ra, dunyoning 163 mamlakati QQS tizimini qo‘llaydi. QQSni qaytarish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, bu esa ularni Markaziy Amerika, O‘rta Sharq va Osiyo-Tinch-okeani hududlaridan ajratib turadi.

Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari TOP uchligiga Serbiya — 91,1, Moldova — 90,8 va Ukraina — 86 kirgan bir vaqtda O‘zbekiston ko‘rsatkichi 100 dan 48,2 tashkil qiladi.

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar orasida Qozog‘iston 56-o‘rin, Tojikiston — 136, Rossiya — 53, Qirg‘iziston — 150, Armaniston — 82, Ozarbayjon — 28. Eng past daromad solig‘ini Bruney (8%), Vanuatu (8,5%), Gruziya (9,9%), Qatar (11,3%), Kuvayt va Makedoniya (13%) tadbirkorlari to‘laydi. Eng katta soliq yuki —Komor orollari (219,6%), Argentinada (106%), Boliviya va Eritreya (83,7%), Ekvatorial Gvineya (79,4%), Palau (75,8%), Kolumbiya (71,9%) va Afg‘oniston (71,4%)da.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют