» » Cobalt’li bo‘lgan Shavkat, Miromon va Mirziyo, Beldirsoyda halok bo‘lgan snoubordchilar, IIVning yangi bayrog‘i va emblemasi hamda kunning boshqa muhim xabarlari

Cobalt’li bo‘lgan Shavkat, Miromon va Mirziyo, Beldirsoyda halok bo‘lgan snoubordchilar, IIVning yangi bayrog‘i va emblemasi hamda kunning boshqa muhim xabarlari


25-dekabrning asosiy yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Toshkent shahrida tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilindi.

Shuningdek, oilaga Prezident sovg‘asi sifatida kolyaska va turli sovg‘a-salomlar yetkazildi.

Avvalroq, 18-dekabrda Toshkentda Ruslan Qoryog‘diyev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o‘g‘il farzand dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.

***

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Beldirsoy hududida 24-dekabr, dushanba kuni 3 nafar snoubordchi halok bo‘ldi. Ularning uchchovi ham Toshkentdan, mahalladosh bo‘lgan.

24-dekabr kuni Toshkent viloyati FVB tezkor navbatchisidan olingan ma’lumotiga ko‘ra, soat 16:00 larda Bo‘stonliq tumani “Beldirsoy” MFY hududida joylashgan “Beldirsoy” sport majmuasining “Dor yo‘lagi” (kanat yo‘li) hududida 3 nafar fuqaro (M.M. 1994-yilda tug‘ilgan, M.M. 1999-yilda tug‘ilgan, M.S. 1999-yilda tug‘ilgan) snoubord sport turi bilan shug‘ullanish jarayonida, taqiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor ko‘chkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etgan.

***

O‘zbekistonda Prezident farmoni bilan Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalari tasdiqlandi.

Bayroq va emblemani tayyorlash, foydalanish va saqlash tartibi Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Bundan ko‘zda tutilgan maqsad ichki ishlar organlari birdamligi, xodimlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” xizmat burchi so‘zsiz bajarilishini ta’minlashdan iborat ekanligi qayd etilgan.

***

Toshkent markazida “Stalin osmono‘parlari” uslubidagi 27 qavatli turar joy binosi quriladi.

Binoning old tomoni sharqona naqshlar va tabiiy toshlar elementlari bilan bezatiladi. Ichki bezaklarda tabiiy tosh va massivdan foydalanish rejalashtirilmoqda. “M-Tower” deb nomlangan 136 metrlik minora 2020-yilgacha Yakkasaroy tumanida quriladi. Binoning maydoni 22 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi.

Birinchi qavat xususiy va jamoat joylariga ajratiladi, ikkinchi va uchinchi qavatlar to‘liq savdo maydoniga bag‘ishlanadi: ofislar, do‘konlar, fitness markazi va spa-salon.

To‘rtinchi qavatdan 27-qavatgacha turar joylar joylashadi. Majmua tarkibida shuningdek, garaj binosi, uning tomida restoran, qish bog‘i mavjud bo‘ladi.

“Stalin osmono‘parlari” 1947—1957-yillar mobaynida Moskvada qurilgan yettita baland binolardir.

***

O‘zbekistonda arxeologlar Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash devorni topdi.

Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti xodimlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti hamkabslari bilan birgalikda eramizdan avvalgi III asrga mansub qadimgi Baqtriyaning shimoliy chegaralarida ko‘chmanchilar hujumidan himoyalanish uchun chegaralarni to‘sib turuvchi yagona mudofaa inshootlari tizimi bo‘lganligini aniqladi.

Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislar Uzundara qal’asini o‘rganish jarayonida u ulkan mudofaa tizimining bir qismi bo‘lganligini isbotladi. 2018-yilgi qazishma ishlari natijasida olimlar qal’aning ichki qo‘rg‘onini to‘liq ochdi va uning batafsil arxitektura rejasini tuzdi. Ular qal’aning qurilishi, hayoti haqida guvohlik qiluvchi boy arxeologik materiallar topgan. Shuningdek, hujum oqibatida qal’aning qulaganligidan darak beruvchi materiallar olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют