» » O‘zbekistonda 4 yil davomida alkogol va tamaki mahsulotlar iste’moli 10 foizga kamayishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 4 yil davomida alkogol va tamaki mahsulotlar iste’moli 10 foizga kamayishi kutilmoqda


Prezidentning tegishli qarori bilan O‘zbekistonda 2019 — 2022-yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi va dasturi tasdiqlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Bu muddat davomida nimalarga erishiladi? Buni Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi tomonidan keltirilgan quyidagi raqamlar bilan izohlash mumkin:

Aholining meva va sabzavotlarni iste’mol qilish hajmi 15 foizga oshadi;

Osh tuzining iste’moli 15 foiz, alkogol va tamaki mahsulotlar iste’moli 10 foizga kamayadi;

Noinfeksion kasalliklarni davolash, tibbiyot muassasalarini diagnostika uskunalari va dorilar bilan ta’minlash darajasi 50 foizga yetadi;

Yuqori xavfli va noinfeksion kasalliklarga chalingan bemorlarning kamida 50 foizi tegishli terapiya va konsultatsiyalar bilan ta’minlanadi;

Aholining yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklardan erta o‘limi 10 foizga kamayishiga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют