» » O‘zbekistonda joriy yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali 5 mlnga yaqin xizmat ko‘rsatildi

O‘zbekistonda joriy yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali 5 mlnga yaqin xizmat ko‘rsatildi


2018-yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali qariyb 5 millionga yaqin xizmat, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 40 barobarga ko‘proq xizmatlar ko‘rsatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

2017-yilda respublika bo‘yicha sobiq “Yagona darcha” markazlari orqali 120 ming xizmat ko‘rsatilgandi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 201 ta Davlat xizmatlari markazi qariyb 100 turdagi xizmatlarni ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga tezkor, qulay, shaffof va sifatli tarzda ko‘rsatib kelmoqda.

2021-yilgacha ushbu xizmatlar turini 163 taga yetkazish rejalashtirilgan.

X. To‘raxo‘jayevga ko‘ra, agentlik oldida turgan eng katta vazifa 2019-yilning iyun oyidan e’tiboran respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlash. Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют