» » MSKda Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik yuzasidan tadbirlar rejasi tuzildi

MSKda Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik yuzasidan tadbirlar rejasi tuzildi


Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi.

Yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Jumladan, Parlamentda qabul qilinadigan Saylov kodeksi mazmun-mohiyatini aholi va maxsus ijrochilarga yetkazish, 2019-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va hokimiyatning vakillik organlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashkiliy-huquqiy tadbirlar rejalari tuzib olindi. Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik, aholining elektoral faolligini oshirish, saylov organlari xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirishga qaratilgan choralar ko‘rish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash kabi yo‘nalishlar asosiy vazifalar sifatida belgilandi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisda saylangan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovni Senat a’zosi etib ro‘yxatga olish hamda Markaziy saylov komissiyasining reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют