» » Buyuk Britaniya yangi harbiy bazalar ochilishni rejalashtirmoqda

Buyuk Britaniya yangi harbiy bazalar ochilishni rejalashtirmoqda


Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan chiqqanidan so‘ng Janubiy-Sharqiy Osiyo va Karib dengizi yaqinida yangi harbiy bazalar ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sunday Telegraph mamlakat mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning so‘zlariga asoslanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat xorijiy davlatlardagi harbiy faoliyatini kengaytirmoqchi.

Qayd qilinishicha, yangi bazalar Singapur, Bruney hamda Montserrat orolida barpo etilishi mumkin.

Bazalarning qurilish muddati bir necha yilni tashkil etilishi aytilmoqda.

Buyuk Britaniya 2019-yilning 29-mart kuni rasman Yevropa Ittifoqidan chiqadi.  Shundan so‘ng mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning aytishicha, o‘tish davri boshlanadi hamda Britaniya Yevroittifoq budjetiga mablag‘ kiritishda davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют