» » Samsung taxlanuvchi ekranli televizorini patentladi

Samsung taxlanuvchi ekranli televizorini patentladi


Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi taxlanuvchi ekranli moslashuvchan televizorini patentladi.

“Rollable display device” (“Moslashuvchan displey qurilmasi”) nomini olgan ishlanma patentida televizor vertikal bo‘yicha o‘ziga xos tuguncha shaklida taxlanishi qayd etilgan.

Taxlangan televizorni ikki tomon modullarini harakatga keltirib ochish mumkin.

Samsung 8—11-yanvar kunlari Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida shunday televizor prototipini namoyish qilishi kutilmoqda.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, taxlanuvchi televizor modeli ustida ishlayotgan LG kompaniyasi bu borada Samsung’ga munosib raqib bo‘la oladi. Kompaniya o‘z prototipini 2018-yilning yanvarida namoyish qilgandi, biroq Samsung ishlanmasidan farqli o‘laroq, LG televizori ekrani pastga qarab taxlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 21) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют