» » Navoiy issiqlik elektr stansiyasida birinchi zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida birinchi zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi


29-dekabr kuni Navoiy IESni kengaytirish va umumiy quvvati 450 megavattni tashkil etuvchi ikkinchi gaz-bug‘ qurilmasini qurish loyihasida BGQ-2 Gaz Turbinasida “birinchi olov oldirish” jarayoni o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik “O‘zbekenergo” matbuot-xizmatiga tayanib.

Qurilma foydalanishga kiritilgandan keyin har yili qo‘shimcha 312,1 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi.

450 MVt quvvatga ega elektrenergiyasini ishlab chiqaradigan bug‘-gaz qurilmasini qurilish ishlarini 2020-yil yanvar oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Bu obyekt Markaziy-Osiyodagi eng samarali elektrstansiyalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zbekenergo” AJning loyihani qurish buyurtmasini Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems kompaniyalari bajarmoqda.

Loyihani moliyalashtirish Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘lari va “O‘zbekenergo”ning shaxsiy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют