» » “O‘zbekenergo” va Janubiy Koreya konsorsiumi 1,84 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

“O‘zbekenergo” va Janubiy Koreya konsorsiumi 1,84 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshiradi


“O‘zbekenergo” kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo va Hyundai Engineering and Construction kompaniyalaridan iborat konsorsium Seulda energetik sohada umumiy qiymati 1,84 milliard dollarga teng uchta loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzoladi. Hujjatlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida imzolandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Aytilishicha, loyihalardan biri doirasida tomonlar Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 450 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasini tiklaydi.

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan Shimoli-G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy energiya uzellariga 327 kilometr uzunlikda 220 kV elektr uzatish liniyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2018–2021-yillarda Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr tarmoqlari va energiya uskunalari modernizatsiyasi o‘tkaziladi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют