» » Qo‘l ostidagilarga kolgotka sotib olishni buyurgan Pentagon matbuot kotibi kirdikorlari fosh bo‘ldi

Qo‘l ostidagilarga kolgotka sotib olishni buyurgan Pentagon matbuot kotibi kirdikorlari fosh bo‘ldi


Pentagon matbuot kotibi Dana Uayt qo‘l ostidagilar bilan noo‘rin munosabatda bo‘lgani uchun iste’foga chiqdi. Bu haqda uning o‘zi Twitter-akkauntida idora xodimlariga yo‘llagan xayrlashuv maktubida yozib qoldirdi.

Avgust oyida Uaytni ish vaqtida shaxsiy buyruqlar bergani fosh bo‘ldi. Uning iltimosi bilan qo‘l ostidagilar Uaytga kolgotka sotib olgan, kiyimlarni kimyoviy tozalashga olib borgan va yeguliklar sotib olishga majbur qilingan.

Shuningdek matbuot kotibi xodimlardan bir necha marotaba shaxsiy safarlarini rejalashtirishni so‘ragan va vasiylik kengashiga bola asrab olish masalasida qo‘ng‘iroq qilishga majburlagan.

Tergovchilar Uaytning bunday harakatidan shikoyat qilgan xodimlarning ishdan bo‘shatilganligi bo‘yicha faktni tekshirmoqda. Pentagon kodeksida etika bo‘yicha xodim qo‘l ostidagilarga shaxsiy topshiriq berishi mumkin emas.

1-yanvar kuni vakolat muddati tugaydigan Pentagon rahbari Jeyms Mettis xodimlar bilan xayrlashgach Uayt iste’fosi haqida e’lon qildi. Matbuot kotibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Charlz Sammer tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют