» » Kaliforniyadagi maktab Snapchat aksiyalari o‘sishi natijasida 24 mln dollar ishlab oldi

Kaliforniyadagi maktab Snapchat aksiyalari o‘sishi natijasida 24 mln dollar ishlab oldi


Snapchat dasturiga egalik qiluvchi Snap startapining aksiyalari Nyu-York fond birjasiga birinchi marta joylashtirilgach, Kaliforniyadagi o‘rta maktab kompaniyaga kiritgan investitsiyalari tufayli, taxminan 24 million dollar ishlab oldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Aniqlik kiritilishicha, Avliyo Fransisk maktabining vasiylik kengashi o‘quvchilardan birining ota-onasi bergan maslahatga amal qilib, 2012-yilda Snap’ga 15 ming dollar sarmoya kiritgan edi.

Maktab kompaniyadagi ulushining uchdan ikki qismini 24 million dollarga sotdi.

Eslatib o‘tamiz, investorlar Snapchat xizmatiga egalik qiluvchi Snap kompaniyasi aksiyalari savdosining dastlabki soniyalarida qimmatli qog‘ozlar narxini 44 foizga oshirdi. Birinchi savdoda har bir aksiyaning narxi 24 dollarni tashkil qildi.

Опубликовано: admin (4-03-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют