» » Balida Saudiya Arabistoni qiroli va uning mulozimlarini 2500 kishi qo‘riqlaydi

Balida Saudiya Arabistoni qiroli va uning mulozimlarini 2500 kishi qo‘riqlaydi


Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va uning mulozimlarini Balida 2500 nafar politsiya xodimi va harbiy xizmatchi qo‘riqlaydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

81 yoshli monarx va uning 1500 kishilik mulozimlar guruhi, jumladan, 25 shahzoda va 10 vazir Balida dam uchun to‘qqizta yo‘lovchi samolyotida uchib keladi.

Qirol samolyotini aeroportda shaxsiy eskalator kutib oladi. Mazkur eskalator Baliga avvalroq monarxning qolgan yuklari bilan yetib kelgan.

Qirol va uning yaqinlari mehmonlarni begona ko‘zlardan asrash maqsadida atrofiga ikki metrli ekranlar joylashtirilgan besh yulduzli mehmonxonada qoladi.

Shuningdek, aksilterror politsiyasi bilan birga oltita kema dam oluvchilar xavfsizligini dengizdan turib himoya qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют