» » Hindistonlik xattot Qur’onni yozib chiqish uchun 70 kilogramm oltin sarfladi

Hindistonlik xattot Qur’onni yozib chiqish uchun 70 kilogramm oltin sarfladi


Qatarda istiqomat qilayotgan asli hindistonlik xattot yetti yilda Qur’oni karimni qo‘lda ko‘chirib yozib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Islom.uz” xabar berdi.

Xattot uni bezak ishlari uchun 18 karat oltindan foydalandi. Avvallari turli mavzularda xattotlik qilib kelgan Muhammad Sulton Shayx asosiy e’tiborini diniy mavzudagi san’atga qaratgani bois Qur’onni o‘z hisobidan chiroyli shaklda yozib chiqishni niyat qilgan.

Shayx Qur’oni karimni yozish va bezak ishlarini bajarishda kompyuterdan xizmatidan mutlaqo foydalanmagan. Barcha yozuv va raqamlash ishlarini qo‘lda bajargan.

“Keyin oltindan yasalgan munchoq donachalarini joylashtirib chiqdim”, — deydi xattot.

U Qur’oni karim uchun Amerikadan 18x24 va 22x30 hajmdagi maxsus qog‘ozlar keltirgan. Har bir juzning og‘irligi 25 kilogrammga teng bo‘lib, umumiy og‘irligi 750 kilogrammni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют