» » Avtotransportdan foydalanishda qarindoshga ishonchnoma berishni bekor qilish uchun 13 ming kishi ovoz berdi

Avtotransportdan foydalanishda qarindoshga ishonchnoma berishni bekor qilish uchun 13 ming kishi ovoz berdi


Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilishni taklif qilgan onlayn-petitsiya 13 mingdan ortiq ovoz yig‘di. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Mazkur taklif oktabr oyida “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylangandi. Petitsiya muallifi Amirbek Kenjayev bunday ishonchnomani rasmiylashtirish uchun hujjat yig‘ish juda ko‘p vaqt va pul talab qilishini qayd etgan. Muallif ota-ona, farzand, aka-uka, opa-singillarning bir-biriga ishonchnoma berishi milliy qadriyat va mentalitetimizga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.

“1990-yillarda mashina o‘g‘irlash bilan bog‘liq voqealar ko‘p edi. Balki o‘sha paytda bu tizim o‘zini oqlagandir. Lekin hozirgiday yurtimiz innovatsion jihatdan rivojlanib borayotgan, “Xavfsiz shahar” tizimi ishga tushirilgan, yo‘llarimizda videokameralar ishlab turgan paytda bunaqa ishonchnoma berish tartibiga zarurat bormikan?” — degan savolni o‘rtaga tashlagan muallif.

Petitsiyaga ayni damda “ko‘rib chiqilmoqda” degan status berilgan. Portal qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy Majlis palatalariga amalga oshirilgan murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to‘plashi lozim. Murojaatlarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati 60 kundan oshmaydi. Mazkur petitsiyaga ovoz berish 12 kundan so‘ng nihoyasiga yetadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют