» » Bosh prokuratura Farg‘onadagi kanaldan chaqaloq jasadi topilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Farg‘onadagi kanaldan chaqaloq jasadi topilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi


Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani IIB navbatchilik qismining 2019-yil 2-yanvar kuni soat 17:00 larda bergan xabariga ko‘ra, Oltiariq tumani, “Sharq” MFY, Sharq tongi ko‘chasidan oqib o‘tuvchi So‘x - Shohimardonsoy kanalidan qiz jinsiga mansub shaxsi noma’lum chaqaloq murdasi topilgan, deb yozadi “Kun.uz”.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, murda suvdan chiqarib olinib, viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosi eksperti ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, murdaning ayol jinsiga mansubligi va unda tan jarohatlari (bo‘g‘ish, tashqi ta’sir natijasida o‘ldirish kabi belgilar) mavjud emasligi, shuningdek kindigi 3 sm.ni tashkil qilib, tibbiyotga xos bo‘lmagan usulda kesilgan va bog‘lanmaganligi aniqlangan.

Viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosining 2019-yil 2-yanvardagi dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, chaqaloq murdasi suvda taxminan 10 kun qolib ketganligi, ichki tana a’zolari tekshirilganda, uning oshqozonida sut qoldig‘i topilmagan, murdaning o‘lim sababi, tug‘ilganidan so‘ng yashaganligi, suvga tirik yoki o‘lgan holatda tushganligi kabi holatlar sud-gistologiya tekshiruvi natijasiga ko‘ra aniqlanishi qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tuman va shahar IIB, Tibbiyot hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari keng jalb qilinib, chaqaloq va uning onasini shaxsini aniqlashga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur holat ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют