» » Toshkentda xorijga chiqish pasportlari uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi

Toshkentda xorijga chiqish pasportlari uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi


Toshkent shahrining 11 tumanida joriy yil 4-yanvardan xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi. Bu haqda shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Qudrat Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

“1-yanvardan 3-yanvargacha tegishli qurilmalar o‘rnatildi, fuqarolar uchun sharoit yaratildi va xodimlar o‘rgatildi. Punktlardagi qurilma 180-200 kishiga xizmat ko‘rsatishini kutgandik. Lekin 200 nafardan ortiq odamni qabul qilishimiz mumkin ekan”, — dedi Qudrat Yo‘ldoshev.

IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyevning bildirishicha, hozircha 5 ta viloyatda qurilma o‘rnatilishi hali yakunlanmagan. Ular 7-yanvarga kelib tayyor bo‘lishi va viloyatlarda ham xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun hujjatlar qabul qilishga kirishilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют