» » Surxondaryoda 192 nafar o‘quvchi “A’lo ta’til” loyihasi doirasida dam oladi

Surxondaryoda 192 nafar o‘quvchi “A’lo ta’til” loyihasi doirasida dam oladi


Surxondaryo viloyatidagi “Xalqaro yoshlar oromgohi”da Yoshlar ittifoqi hamda Xalq ta’lim vazirligi tashkil etgan “A’lo ta’til” loyihasiga start berildi, deb yozmoqda O‘zA.

O‘zbekistonning barcha hududidan kelgan 192 nafar a’lochi o‘quvchi 3—10-yanvar kunlari “A’lo ta’til” dam olish va ijod oromgohida hordiq chiqaradi.

– Ushbu loyihaga ishtirok etish istagini bildirgan 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar ichidan 192 nafarini tanlab oldik. Loyihada fan olimpiadasi g‘oliblari, chorakni a’lo baholar bilan tugatgan, darslarni namunali o‘zlashtirgan eng faol va a’lochi o‘quvchilar jam bo‘lgan. 1 hafta davomida o‘quvchi-yoshlarimiz birgalikda yangi loyihalar ustida ishlab, maroqli hordiq chiqarishadi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash bo‘lim mudiri Durdona Rahimova.

Loyiha davomida o‘quvchi yoshlar uchun turli sport tadbirlari, madaniy dasturlar, sayohatlar tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют