» » Namanganlik tadbirkorning tuyaqushchilik xo‘jaligini tashkil etish biznes loyihasi hokimlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Namanganlik tadbirkorning tuyaqushchilik xo‘jaligini tashkil etish biznes loyihasi hokimlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, deb yozadi O‘zA. Ochiq muloqotdan so‘ng To‘raqo‘rg‘on tumanidan B.Mirzarahimovning tuyaqushchilik xo‘jaligini tashkil etish va boshqa tadbirkorlarning o‘nlab biznes loyihalari viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Uchrashuvda turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, biznesni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor hal etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida yanada kuchaytiriladi.

Viloyat hokimligida tashkil etilgan ochiq muloqotda bir qator ishbilarmonlarning qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha yangi biznes loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Jumladan, Namangan tumanidagi “Mufassal fayz servis” MChJ rahbari O.Otaboyevning qiymati 750 ming dollarga teng temir quvur va mebel ishlab chiqarish, Namangan shahridan tadbirkor A.Sobitovning parrandachilik faoliyatini kengaytirish uchun zamonaviy qushxona tashkil etish, “Afruz Kamol Nabi” MChJ rahbari B.Shokirovning meva-sabzavotni qayta ishlash faoliyatini kengaytirish, uchqo‘rg‘onlik tadbirkor A.Rahmatovning zamonaviy issiqxona va parrandachilik, To‘raqo‘rg‘on tumanidan B.Mirzarahimovning tuyaqushchilik xo‘jaligini tashkil etish kabi o‘nlab biznes loyihalari viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Muloqotda tadbirkorlar o‘z faoliyati bilan bog‘liq muammo va taklif-mulohazalarini ham o‘rtaga tashladi. Tadbirkorlar murojaati birma-bir tinglanib, yer maydoni va bino-inshoot ajratish masalalarini hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar topshirildi.

– Muntazam o‘tkazib kelinayotgan bunday ochiq muloqotlar yaxshi samara bermoqda, – deydi viloyat hokimligining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari F.Inomov. – 2018-yilda o‘tkazilgan shunday uchrashuvlarda tadbirkorlarning 467 murojaati ijobiy hal etilib, ularga 190 gektar yer maydoni, 14 ta bino-inshoot hamda sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha 265 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilishiga ko‘maklashildi. 2019-yilda bu kabi amaliy yordamlar ko‘lami yanada kengayadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют