» » O‘zbekistonda yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va foydalanishga davlat buyurtmasi bekor qilindi

O‘zbekistonda yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va foydalanishga davlat buyurtmasi bekor qilindi


Mahsulotlar, xom ashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi Prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Farmoyishga muvofiq, 2019-yildan iqtisodiyotda davlatning ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi quyidagilar uchun bekor qilindi:

Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va foydalanishga davlat buyurtmasi;

O‘simlik yog‘i, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, ikkilamchi alyuminiy resurslari, paxta chigiti shroti, metall molibdeni va volfram ishlab chiqarish va iste’mol qilish;

Prezidentning ayrim turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning moddiy balanslarini tasdiqlash vakolati hukumatga o‘tkazildi.

Hukumatning quyidagi materiallarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish hamda yetkazib berish prognozini tasdiqlash vakolati Iqtisodiyot vazirligiga o‘tkazildi:

Qora metall prokati;

Metall ruxi;

Sulfat kislotasi;

Polietilen;

Polipropilen;

Paxta momig‘i;

Rangli metall parchalari va chiqindilari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют