» » The New York Times 2019-yilda O‘zbekistonga sayohat qilishni tavsiya etmoqda

The New York Times 2019-yilda O‘zbekistonga sayohat qilishni tavsiya etmoqda


AQShning yirik nashrlaridan bo‘lgan The New York Times gazetasi O‘zbekistonni 2019-yilda tashrif buyurish tavsiya etilayotgan 52 mamlakatlar sirasiga kiritdi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston The New York Times talqiniga ko‘ra, sayohat qilishga tavsiya qilinayotgan 52 mamlakatlar ichida 34-o‘rinda keltiriladi. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qiling, deb yozadi nashr.

Ro‘yxatda O‘zbekiston tungi barlar va kazinolari bilan mashhur bo‘lgan Los-Anjeles (AQSh), moviy sohillari bilan tanilgan Marsel (Fransiya) va vinochilik bilan dong‘i ketgan Shveysariyaning Veve shaharlarini ortda qoldirgan. Nashrda sayohat qilishga taklif etilayotgan har bir shaharning o‘ziga xos jihatlari va u yerda joriy yilda kutilayotgan yangi o‘zgarishlar haqida hikoya qilinadi. O‘zbekiston haqida esa bu mamlakatga sobiq sovet tuzumidan so‘ng 25 yil o‘tib, ilk bor AQSh va boshqa yuzga yaqin davlat fuqarolari vizasiz (5 kun) tashrif buyurish mumkinligi, onlayn vizaga topshirish, valyuta alishtirish imkoniyati yaratilgani aytiladi.

Fransiya fuqarolari O‘zbekistonda 1 oy davomida vizasiz harakatlana olishlari alohida qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlar bilan ham chegaralarni ochgani, yaqin orada Markaziy Osiyo davlatlari umumiy viza tizimiga o‘tishlari va Toshkent orqali qo‘shni davlat poytaxtlariga aviareyslar imkoniyati borligi, Nyu-York va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlar soni ortgani haqida axborot berilgan. Hamda O‘zbekistonda keyingi ikki yil ichida yangi qishki kurort maskani, Buxoroda turistik zona va bir qator yangi mehmonxonalar ishga tushishi keltiriladi.

Sayohatga tavsiya etilgan manzillar ro‘yxatida O‘zbekiston Fransiya va Shveysariyani ortda qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют