» » Shavkat Mirziyoyev Toyloq tumanidagi Pet Agro Oil qo‘shma korxonasini ko‘zdan kechirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Toyloq tumanidagi Pet Agro Oil qo‘shma korxonasini ko‘zdan kechirdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toyloq tumanidagi Pet Agro Oil qo‘shma korxonasida bo‘lib, yog‘-moy ishlab chiqarish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Korxona 2017-yilda Shimoliy Irlandiyaning Nortec Estate LLP kompaniyasi hamda O‘zbekistonning Tony Green firmasi tomonidan tashkil etilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish va qadoqlashga ixtisoslashgan. Italiya, Avstriya, Turkiya, Shveysariya, Hindiston, Bolgariya va Xitoy davlatlaridan 7 million dollarga zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan.

Bugungi kunda korxona faoliyatini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 350 tonna o‘simlik yog‘i, 3 ming tonna tomat pastasi, 2 ming 500 tonna olma konsentrati ishlab chiqariladi. Korxona to‘liq quvvat bilan ishlagach 800 nafar mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi.

Shu yerda Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalariga oid loyihalar namoyish etildi.

2019-yilda viloyatda 355 million dollar investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. O‘zbekistonning Xitoy, Turkiya va Ispaniyadagi elchixonalari hamda Gretsiyadagi konsulxonasi viloyat tumanlariga biriktirilgan.

Ushbu vakolatxonalar rahbarlari mahalliy hokimliklar bilan birga shakllantirilgan investitsiya loyihalarini taqdim etdi.

Shuningdek, “Azia Metall Prof” qo‘shma korxonasi tomonidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida tunukani rux bilan qoplash, qayta ishlash va polimerizatsiyalashni tashkil etish, 4 ming 300 gektar maydonga intensiv bog‘ yaratish, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil qilish, tomchilatib sug‘orish, parrandachilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Davlat rahbari ushbu loyihalarning asosi, samaradorligi bilan qiziqdi. Ular yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib, xorijiy tajribani o‘rganish, kerak bo‘lsa, chet eldan konsultantlar jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Samarqand viloyatida 37 ming gektardan ziyod lalmi yer foydalanilmayotgani, ularni ishga solib, aholini ish va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash mumkinligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют