» » Konor Makgregor yana boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga chorlandi

Konor Makgregor yana boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga chorlandi


UFC sobiq chempioni Konor Makgregor boks bo‘yicha sobiq chempion Pol Malinyaji bilan ringda jang qilish borasida muzokara olib bormoqda, deb yozadi Boxing Kingdom o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Konorning Floyd Meyvezer bilan jangidan avval Malinyaji irlandiyalik jangchining mashg‘ulotlarida qatnashgan. U bilan birga shug‘ullangandi.

Pol Makgregor bilan sparringga tushgan vaqtda Konordan qabul qilgan zarbalari tasvirlangan surat va videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketadi. Buni esa Makgregorning jamoasidagilar amalga oshirgandi. Shundan so‘ng Malinyaji mashg‘ulotlarni bazasini tark etishni afzal ko‘radi.

Shundan so‘ng Malinyaji Konor bilan boks qoidalariga ko‘ra jang qilishga tayyorligini ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ta’kidlab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, professional boksda Malinyaji hisobida 36 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 1) ( 66) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...