» » Meyvezerdan kaltak yegan yaponiyalik kikbokschi Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi

Meyvezerdan kaltak yegan yaponiyalik kikbokschi Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi


Yaponiyalik kikbokschi va MMA jangchisi Tenshin Nasukava o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregorga javob qaytardi.

Avvalroq Makgregorning o‘zi Tenshin bilan MMA qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali jang qilish istagini bildirgandi.

“Hurmatli, janob Makgregor. Ismimni eslaganingiz uchun tashakkur. Men bilan jang qilish istagini bildirishingiz — kamina uchun ulkan sharaf. Balki, tez orada 58 kg vazn toifasida (Konor 70 kg vazn toifasida jang qiladi) va kikboks qoidalari bo‘yicha ringga ko‘tarilarmiz. Bu yil men RISE gran-prisida ishtirok etyapman. Shuning uchun parhez tuting va meni kuting”, — deb yozadi Tenshin.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 31-dekabr kuni Floyd Meyvezer yaponiyalik Tenshin Nasukava bilan ringga chiqib, uni 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют