» » O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Turk til qurumi bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, endi o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari ko‘p nusxada nashr qilinadi

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Turk til qurumi bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, endi o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari ko‘p nusxada nashr qilinadi


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda endilikda xalqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatishni boshladi. 2019-yilni amaliy ishlar bilan boshlagan universitet jamoasi ayni damda rektor Shuhrat Sirojiddinov boshchiligida Turkiyada bo‘lib turibdi, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.

Safarning birinchi kunida Istanbulda joylashgan Turk adabiyoti fondi rahbari O‘zjon Unlu bilan ilmiy hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shu kunning o‘zida To‘pqopi saroy-muzeyi qo‘lyozmalar fondi bilan hamkorlik o‘rnatildi. Mazkur shartnomaga asosan Alisher Navoiy va o‘zbek adabiyoti namoyandalarining asarlarini hamkorlikda o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi. So‘ngra ma’muriy binosi Istanbulda joylashgan Turk dunyosi tadqiqot fondi bilan ham shartnoma tuzildi.

Safarning ikkinchi kunida esa turkiyaning mashhur Karabuk universitetida “Dunyo tamaddunida muhim o‘rin tutgan shaxslar: Alisher Navoiy” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Karabuk universiteti Chingiz Aytmatov nomidagi Turk dunyosi tadqiqotlar markazi, “Turkiyadagi o‘zbek talabalar” jamiyati hamda Adabiyot klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, uning doirasida O‘zbekistonning madaniy yodgorliklari aks ettirilgan fotosuratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Anjumandan so‘ng Karabuk universiteti rektori bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Shu kuni dunyoga mashhur Turk til qurumi bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur qurum boshlig‘i professor Gurer Gulsevin ToshDO‘TAU bilan suhbatda kelgusi yillarda o‘zbek adabiyotining mumtoz namunalari ko‘p nusxada nashr qilish, zamonaviy o‘zbek adabiyotini targ‘ib qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilishini qayd etdi.

Qolaversa, Anqara shahridagi mashhur Xoja Bayram Vali universiteti bilan ham mustahkam hamkorlik o‘rnatildi. Ikki tomonlama shartnoma imzolanib, hamkorlikning istiqbol rejalari muhokama qilindi.

Ko‘jatepa Afyon universiteti ham ToshDO‘TAUning yaqin hamkorlaridan biriga aylandi. Mazkur universitet bilan siyosatshunoslik fanlari doirasida manfaatli loyihalarni amlga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga kelib, ToshDO‘TAU O‘zbekistonda 18 ta va xorijdagi 18 ta OTMlarda mavjud turdosh yo‘nalishlarga tayanch hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют