» » Qoraqalpog‘istonda 2,5 yil avval gaz tarmog‘idan uzilgan fuqaroga 4 mln so‘m qarzdorlik ilindi

Qoraqalpog‘istonda 2,5 yil avval gaz tarmog‘idan uzilgan fuqaroga 4 mln so‘m qarzdorlik ilindi


Gaz taminoti bo‘yicha fuqarolarga asossiz ravishda qarzdorliklar yozilishi tez-tez kuzatilmoqda. Ana shunday holatlardan biri Beruniy tumanining “Do‘stlik” ovulida yashovchi fuqaro U.Qurbonov bilan yuz berdi, deya xabar beradi O‘zA.

2017-yil 15-aprel kuni Qurbonovlar xonadoni qarzdorliklar sababli tarmoqdan ajratilgan. Shunga qaramasdan shu kungacha bo‘lgan, ya’ni 20 oy muddat ichida hajm ko‘rinishda normativ hisobda 4 012 000 so‘m to‘lov hamda dalolatnoma jarimasiga 299 550 so‘m, jami 4 311 550 so‘m qarzdorlik yozilganligi aniqlandi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan ishlar natijasida qo‘llanilgan 4 012 000 so‘m to‘lov normativ bo‘yicha qayta xatlovdan o‘tkazilib, fuqaroga 74 934 so‘m hisoblab berildi. Iste’molchi xonadoni gaz tarmog‘iga ulandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют