» » Osiyo Kubogi—2019. Saudiya Arabistoni Livanni mag‘lub etib, pley-offga chiqdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Saudiya Arabistoni Livanni mag‘lub etib, pley-offga chiqdi (video)


12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi 2-turining “E” guruhidagi dastlabki uchrashuv Saudiya Arabistoni va Livan terma jamoalari o‘rtasida kechdi.

Bellashuvning 12-daqiqasida Saudiya Arabistoni hujumchisi Fahad al-Muvallad Livan darvozasiga o‘yindagi birinchi golni kiritdi (1:0).

2-bo‘limning 67-daqiqasida esa Husayn al-Mogahviy Hattan Sulton Babhir uzatmasini golga aylantirdi va uchrashuv Saudiya Arabistonining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Saudiya Arabistoni 2 ta tur natijasiga ko‘ra 6 ochko to‘plab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 13-yanvar, yakshanba kuni “E” guruhidagi ikkinchi bahsda KXDR Qatar bilan kurash olib boradi.

Osiyo Kubogi—2019

“E” guruhi, 2-tur

12-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 – 12 Al-Muvallad, 0:2 – 67 Al-Mogahviy.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют